
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida Toshkent viloyati, Qibray tumanida faoliyat olib borayotgan “N. Sh.” MChJ tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Ushbu tadbirkorga qarashli tо‘yxona va choyxonaning elektr qurilmalari elektr energiyasidan foydalanish shartnomasini rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulanganligi ma’lum bo‘ldi.
Natijada 1,1 mln kVt/soat hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 493 mln so‘m miqdorida qayta hisob ishlari amalga oshirildi.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
