Iste’molchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik va elektr energiyasi iste’moli hajmi tunggi vaqtda kamayishini hisobga olgan holda, joriy yilning 14-iyun kuni poytaxtimizning Olmazor hamda Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi tunggi soat 01:00 dan tonggi 03:00 ga qadar vaqtincha о‘chiriladi.
Ayni vaqt oralig‘ida mazkur tumanlarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 35/10/6 kVli “Xadra” podstansiyasining mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib boriladi.
Ushbu ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:
Shayxontohur tumanidagi – “Labzak”, “Jangoh”, “Eshonguzar” va “Kamolon” MFYlari;
Olmazor tumanidagi – “Eski shahar”, “Qо‘shtut”, “Zarhal”, “Chig‘atoy”, “Shoshiy”, “Guzarboshi”, “Sebzor”, “Yangi Sebzor”, “Yuqori Sebzor”, “Namuna” va “Hofiz Kо‘hakiy” MFYlari hududlarida elektr energiyasi vaqtincha о‘chiriladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli iste’molchilardan uzr sо‘raydi.