Kuchli shamol tufayli Surxondaryo viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda
Surxondaryo viloyatida kuchli shamol esishi natijasida soat 18:45 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.
Buning natijasida Denov shahri, Denov, Sho‘rchi, Uzun va Oltinsoy tumanlarining ayrim hududlaridagi jami 6 625 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
13.06.2023
275
Охирги янгиликлар