Kuchli shamol tufayli Samarqand viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Samarqand viloyatida sodir bo‘layotgan kuchli shamol tufayli ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘chirildi.
Dispetcherlik xizmatining ma’lum qilishicha, kuchli shamol tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan talafotlarning oldini olish maqsadida soat 17:00 holatiga 6-10 kV elektr uzatish tarmog‘i bilan o‘chirilgan.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun istemolchilardan uzr so‘raymiz.
12.06.2023
204
Охирги янгиликлар