Kuchli shamol tufayli Samarqand viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda
Samarqand viloyatida esayotgan kuchli shamol natijasida soat 8:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.
Buning natijasida Samarqand shahri, Jomboy, Urgut, Tayloq, Pastdarg‘om va Oqdaryo tumanlarining ayrim hududlarida jami 3250 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun istemolchilardan uzr so‘raymiz.
13.06.2023
280
Охирги янгиликлар