Xitoyda muqobil energiya manbalari ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi hajmi an’anaviy quvvatlarga nisbatan oshdi
“Muqobil energiya manbalari ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi hajmi jami quvvatlarning 50 foizidan oshdi”, deb xabar berdi “Reuters” axborot agentligi.
Xitoyda 2021-yili hayotga tatbiq qilina boshlagan strategik rejaga ko‘ra, muqobil, ya’ni shamol va quyosh elektr stansiyalari ishlab chiqarayotgan energiya quvvati 2025-yili umumiy hajmning 50 foizidan oshishi kerak edi. Biroq bunga 2023-yilning may oyidayoq erishildi. O‘tgan oyda muqobil energiya manbalari ishlab chiqargan elektr energiyasi 50,9 foizini tashkil qilgan.
Xitoy milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yakuniga kelib Xitoyning jami elektr energiyasi quvvati 2 564,05 GVt/soatga yetgan.
14.06.2023
584
Охирги янгиликлар