Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida bugun, 16-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi:
Yashnobod tumanining: “Arg‘in” va “Bahor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
Yunusobod tumanining: Markaz 6-dahasi, “Registon” va “Qo‘shchinor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 15:00 gacha;
Chilonzor tumanining: “Dilxush” va “Qatortol” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.