Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol esishi natijasida soat 17:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.
Buning natijasida:
Buxoro viloyatining Shofirkon, Peshku va Gʻijduvon tumanlaridagi jami 6000 ta iste’molchining;
Navoiy viloyatining Nurota, Navbahor, Konimex va Karmana tumanlaridagi jami 23 560 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish bo‘lmoqda.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
19.06.2023
256
Охирги янгиликлар