Toshkent viloyatida kuchli shamol esishi natijasida soat 20:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.
Buning natijasida Zangiota, O‘rta Chirchiq, Qibray, Toshkent, Yuqori Chirchiq va Bo‘ka tumanlaridagi ayrim iste’molchilarning elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
19.06.2023
382
Охирги янгиликлар