Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 20-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
Chilonzor tumani: «Qozirobod» va «Ko‘rkam» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Yashnobod tumani: «Mirishkor» MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Yangihayot tumani: «Xo‘jauchqun» va «Viqor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Shayxontohur tumani: «Chorsu» va «Beltepa» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Bektemir tumani: «Nurliyo‘l» va «Zabardast» MFYlarinjng ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Mirzo Ulug‘bek tumani: «Mevazor» va «Zakovat» MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Uchtepa tumani: «Nishabariq» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.
O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.