Navoiy issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MW bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
Fotoelektr stansiyasi umumiy maydoni 1,42 gektarni tashkil etadi. Ushbu stansiyaga 1500 dan ortiq quyosh panellari o‘natildi.
Navoiy IESda o‘rnatilgan quyosh panellari orqali yiliga o‘rtacha 1,8 mln kW⋅h elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Ma’lumot uchun: ushbu yashil stansiyadan foydalanish orqali korxonaning o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini iqtisod qilish imkoni yaratiladi.
20.06.2023
437
Охирги янгиликлар