Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.t.” MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar korxona ishlab chiqarish binosidagi “MA 310” rusumli elektr hisoblagichni o‘zboshimchalik bilan elektron dasturga kiritilmagan boshqa hisoblagichga almashtirib, jami 752,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B-T.” korxonasi Samarqand filiali rahbari A.R. hech qanday hujjatsiz 9 ta ko‘p qavatli uy-joy binosidagi liftlarni o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulatganligi oqibatida ushbu uylarda 597,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.
Departamentning Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.A.” MChJ rahbari Z.E. MChJ suv nasosini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘ri ulab 211,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.