
Ishlab chiqarish: yanvar – may oylarida respublikamizda 31,9 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1,0 mlrd kVt•soat yoki 3,3 foiz ko‘p.
Yetkazib berish: respublika iste’molchilariga mazkur muddat davomida 27,0 mlrd kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Ushbu ko‘rsatkich 2022-yilning shu davridagiga nisbatan 1,6 mlrd kVt•soat yoki 6,5 foiz ko‘pdir.
Import: yanvar – may oylarida o‘sib borayotgan ichki iste’molni qoplash maqsadida 2,5 mlrd kVt•soat elektr energiyasi import qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 384,6 mln kVt•soat yoki 18,6 foiz ko‘p.
Eksport: yanvar-may oylarida 1,1 mlrd kVt•soat elektr energiyasi eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 243,2 mln kVt•soat yoki 18,5 foiz kam.*
*tezkor ma’lumot
