Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida Buxoro viloyatidagi Amu-Buxoro irrigatsiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi “G‘ijduvon tik quduqlar bo‘limi”da elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Ushbu “G‘ijduvon tik quduqlar bo‘limi”ning 1 dona 11 kVt bo‘lgan suv nasosi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganligi maʼlum bo‘ldi. Natijada isteʼmolchiga 84,2 ming kVt•soat hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 69,2 mln so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
“O‘zenergoinspeksiya” Matbuot xizmati