Toshkent IEM: investitsiya loyihasi doirasida birinchi gaz turbinasi olib kelindi
Xabaringiz bor, Toshkent IEMda investitsiya loyihasi doirasida ikkita gaz turbina qurilmalari bunyod etilmoqda. Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi bosh pudratchiligi asosidagi mazkur loyihaning umumiy quvvati 64 MVtni tashkil etadi.
Kuni kecha, Yaponiyaning “Mitsubishi” kompaniyasidan qurilish maydonchasiga birinchi gaz turbinasi yetkazib berildi.
Loyiha to‘liq ishga tushgach, yiliga 515 mln kVt/soat elektr energiyasi, 630 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Natijada, 219 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinib, 40 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
26.06.2023
258
Охирги янгиликлар