Qonunchilikdagi yangiliklar
“Yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (275-son, 06.07.2023 y) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Hududlarda energiya ta’minotini yaxshilash, yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish maksadida:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash uchun 2 yil muddatga yillik 5 foiz stavkada 150 milliard so‘m budjet ssudasi ajratiladi.
06.07.2023
270
Охирги янгиликлар