Bugun, 11-iyul kuni Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, Oʻzbekiston milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank” va Xitoyning “State Grid-CET” kompaniyasi moliya masalalari boʻyicha direktori Yang Guo oʻrtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekistonda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarni qurish va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning jismoniy eskirgan 35 – 110 – 220 – 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasining moliyalashtirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda tez fursatlarda Xitoyning yirik moliya institutlari, banklari va kredit-sugʻurta agentliklarini jalb qilgan holda mazkur loyihalarning moliyalashtirish manbalarini aniqlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.