H.Abdullayev 1953-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1976-yilda “Toshissiqliktarmoq” korxonasi qozon mashinisti vazifasidan boshlagan. Uzoq yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida, “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasida rahbar lavozimlarda, 2005-2007-yillarda “Apartak” aksiyadorlik jamiyati raisi o‘rinbosari, 2007-2021-yillarda “Energota’mir” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimlarida ishlagan.
Energetika vazirligi butun mehnat faoliyatini energetika sohasiga baxsh etgan fidoyi energetik Abdullayev Hamidulla Nabibullayevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
H.Abdullayevning yorqin xotirasi energetiklar qalbida doimiy saqlanib qoladi.