Tinib-tinchimagan odamlar muqobil energiya manbalarini izlarkanlar, yangi texnologiyalarining hayvonlar dunyosi bilan “til topishishi” kerakligi haqida oʻylamaydilar ham. Afsuski, bu baʼzan oʻta noxush oqibatlarga olib keladi.
Misol uchun, oʻtgan yili AQSH Adliya vazirligi NextEra Energy kompaniyasini oltinsimon tumshuqli burgutlar oʻlimi uchun jarimaga tortdi. Aniqlanishicha, 2012-yildan beri ushbu kompaniyaning shamol stansiyalari turbina pichoqlari 150 dan ziyod berkut naslli qushlar oʻlimiga sabab boʻlgan.
Oregon universiteti olimlari ayni paytda turbinalar pichoqlarini qanday yasasalar, qushlar oʻlimiga olib kelmasligi ustida izlanmoqdalar. Ammo ungacha parrak va qushning oʻzaro toʻqnashuvi qay tariqa sodir boʻlishini oʻrganish zarurati yuzaga chiqdi.
Qush qanday qilib parrakka roʻbaroʻ kelib qolyapti? Bu savolga javob topish uchun bitta turbinaga maxsus akselerometr oʻrnatildi. Ular real vaqt rejimida tebranishlar hamda akustik yozuvlarni qayd etib borishadi.
Ungacha esa qushlarni havoda tebranib turadigan “raqqos” qoʻgʻirchoqlar yordamida qoʻrqitib, shamol generatorlarini aylanib oʻtishga oʻrgatishmoqda.