Misr Bosh vaziri Madbuli: mamlakat kuchli issiq harorat sharoitida elektr energiyasi yuklamasini kamaytirdi.
Misr haddan tashqari issiq harorat va iste’molning ortishi tufayli elektr energiyasi yuklamasini kamaytirdi, dedi Misr Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Bosh vazir Mustafo Madbuli.
Misr Bosh vazirining qayd etishicha, yuklamaning qisqarishi vaqtinchalik holat bo‘lib, bu jarayon tarmoq normal bosimga qaytgunga qadar davom etadi.
Madbulining qo‘shimcha qilishicha, elektr yuklamasining kamayishi ikki kun avval boshlangan va navbatma-navbat kelasi hafta o‘rtalarigacha davom etadi.
So‘nggi kunlarda Misrning bir qator viloyatlari va Katta Qohira aglomeratsiyasining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Misrda kuchli jazirama bor, mamlakat poytaxtida kun davomida harorat ba’zan 40 darajadan oshadi.