Urgut tumanida tadbirkor elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 778 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat olib borayotgan “Agromir Buildings” MCHJda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Ushbu tadbirkor elektr qurilmalarini tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab 1,7 mln kVt⋅soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi va bu bilan elektr ta’minoti korxonasiga 778 mln so‘m miqdorda zarar keltirganligi aniqlandi.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
22.07.2023
312
Охирги янгиликлар