Yashnobod tumanida 30 mingdan ziyod xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan yangi podstansiya ishga tushirildi
Prezidentimizning 2023-yil 11-martda “Toshkent shahri iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Yashnobod tumanida 110/35/10 kVl kuchlanishli “Olmos” podstansiyasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur podstansiya tumandagi Olmos, Go‘zal, Chinor, Bahor, Tuzel 1-, 2-, 3- va 4- mazelari, Arg‘in, Mirishkor hamda Jarboshi mahallalari, shuningdek, ushbu hududda qurilayotgan kо‘p qavatli uy-joylarning 30 mingdan ziyod xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Mazkur videolavhada podstansiya imkoniyatlari haqida sо‘z boradi.
24.07.2023
413
Охирги янгиликлар