Ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida ishlar tunu kun tashkil etilgan
Ma’lumki, yozning issiq kunlarida elektr stansiyalari elektr qurilmalarini muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazish talab etiladi.
Shunga ko‘ra, Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi Taxiatosh IES korxonasida ham maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Mutaxassislar tomonidan asosiy va yordamchi qurilmalarning sovitish tizimlari muntazam nazorat qilib borilmoqda.
Shuningdek, jazirama issiq havo harorati ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida profilaktik-texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
26.07.2023
403
Охирги янгиликлар