Bo‘stonliq tumanida quvvati 200 kVt bo‘lgan “Ispaysoy” mikroGESi ishga tushirildi
Bugun, 28-iyul kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Piskom daryosining chap irmog‘i hisoblangan Ispaysoyda yangi mikroGESning ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Ispaysoy” mikroGESining quvvati 200 kVt bo‘lib, o‘rtacha yillik elektr energiya ishlab chiqarishi hajmi 1,75 mln kVt·soatni tashkil etadi.
Ispaysoy Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, Ispay qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Piskom daryosiga quyiluvchi soy bo‘lib, uning uzunligi 13 kilometr, hajmi 73 km2ni tashkil etadi. Soyning o‘rtacha yillik suv sarfi 2,4 m3/sekunt.
Ma’lumot uchun: joriy 2023-yilda umumiy quvvati 197 MVtga teng bo‘lgan 7 ta loyihani belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
28.07.2023
420
Охирги янгиликлар