Navoiy viloyatida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan oilaviy korxona aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirida “O.S.” oilaviy korxonasi rahbari L.H. o‘z uyida mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 984 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
28.07.2023
527
Охирги янгиликлар