Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari sutkasiga 24 soat davom etmoqda
Xususan, “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ mutaxassislari Muborak IEM filialida 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 3-sonli qozon agregatida joriy taʼmirlash ishlarini olib bormoqdalar.
Taʼmirlash jarayonida qozonning asosiy va yordamchi qurilmalari toʻliq nazoratdan oʻtkazilib, aniqlangan nuqsonlar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.
Jumladan, 370 dan ortiq suv ekonomayzer paket quvurlari yangisiga almashtirilyapti. Ushbu ishlarni amalga oshirishda pudrat tashkilotining 70 nafarga yaqin malakali mutaxassislari mehnat qilmoqda.
Joriy yilning 15-avgustiga qadar davom etishi rejalashtirilgan taʼmirlash ishlari natijasida qozon agregatining barqaror ishlashi taʼminlanadi.
31.07.2023
572
Охирги янгиликлар