Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda joylashgan metan “zapravka”dagi holat boʻyicha shuni taʼkidlash kerakki, Namangan viloyatidagi barcha metan “zapravka”larga ularning talablariga asosan belgilangan limitga koʻra, tabiiy gaz toʻliq yetkazib berilgan.
Videoda tarqalgan holatdagi “zapravka” esa berilgan oylik limitni ishlatib boʻlgan. Bugun soat 00:00 dan yangi oy boshlanadi va mazkur “zapravka”ga gaz yetkazib berish yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, metan “zapravka”larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshgani yoʻq. Agar zapravkalarda gaz narxining asossiz oshirilishi holatlariga guvoh boʻlsangiz, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 1159 raqamli “Ishonch telefoni”ga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.