“O‘zbekenergota’mir” AJ: Toshkent IESni 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda
Korxonaning 12-sonli energoblokida joriy ta’mirlash ishlari boshlangan bo‘lib, asosiy va yordamchi qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tkazilyapti.
Bugun energoblokka qarashli quvvat transformatorida texnik ko‘rik natijasida aniqlangan nosozliklar bartaraf etildi.
Shuningdek, transformator fazalari ko‘zdan kechirilib, izolyatorlarni tozalash, moy sathini tekshirish va tahlilini o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
03.08.2023
438
Охирги янгиликлар