Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “F.Y.” XUJMSH va “O.K.” MCHJ mas’ul shaxslari hududdagi 10 ta ko‘p qavatli uyga o‘rnatilgan lift hamda ko‘cha yoritish chiroqlarini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 908,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlagan.
Shu kabi Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.E.” MCHJ mas’ul shaxslari 22 ta ko‘p qavatli turarjoy binosini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 472,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.