“O‘zbekenergota’mir” AJ Sirdaryo IESda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida rejali ta’mirlash ishlarini olib bormoqda

Elektr stansiyaning 8-sonli energobloki mukammal ta’mirlashga jami 160 dan ortiq mutaxassislar jalb qilingan.

Ular tomonidan qozon qurilmasining asosiy va yordamchi uskunalari texnik holati o‘rganilib, aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilyapti.

Ish jarayonida energoblokning 5-6-7-podshipniklari va generator shitlaridagi nuqsonlar bartaraf etilmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu ta’mirlash ishlari asosiy ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qilmagan holda olib borilyapti.
11.08.2023

Охирги янгиликлар