Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi va “Hududgaz Poytaxt” GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mirobod tumani, “Oltinko‘l” mahallasi, A.Fitrat ko‘chasida yashovchi fuqaro A. F. ga tegishli poliz mahsulotlarini qadoqlash sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinganligi aniqlandi.
Iste’molchi tomonidan gazlashtirish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib foydalanganligi natijasida dastlabki hisob-kitoblarga asosan tizimga jami 824 mln 417 ming 510,4 so‘m (1mln 249 ming 117,44 kub metr) miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Maʼlumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz bugungi kunda 6 mingdan ziyod xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.
Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.