“O‘zbekenergota’mir” AJ mutaxassislari “Navoiy IES” AJda 2023-2024-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdalar.
Korxonaning 8-sonli energoblokida tasdiqlangan rejaga asosan mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ta’mirlash jarayonida turbinaning past bosimli rotori 6-bosqich kuraklarini almashtirish, qozon agregatining issiqlik qoplamalarini qayta tiklash va generatorda ko‘rik ishlarini o‘tkazish belgilangan.
Energoblok ta’miriga qariyb 300 nafar mutaxassislar jalb qilingan bo‘lib, ishlar navbatchilik asosida tunu-kun tashkil etilgan.
Mazkur ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - energoqurilmaning yanada ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlashdan iborat.
14.08.2023
349
Охирги янгиликлар