Hurmatli iste’molchilar!
“Hududgazta’minot” AJ uy ichi gaz jihozlarini o‘z vaqtida texnik va profilaktik ko‘rikdan o‘tkazishni iltimos qiladi.
Ayniqsa, gaz plitasidan quvurga ulangan shlangni tekshirishga alohida e’tibor qaratishni eslatib o‘tadi.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, eskirgan va nosoz shlanglar aksariyat hollarda yong‘in va chaqnashlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun ham uning tanloviga e’tibor bilan yondoshish va mutaxassislarning maslahatlarini tinglash zarurdir.
Buning uchun 1104 yoki 104 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, gaz ta’minoti xodimlaridan professional yordam olish mumkin bo‘ladi.
15.08.2023
379
Охирги янгиликлар