“Oʻzbekgidroenergo” AJ umumiy quvvati 46,6 MVt boʻlgan 5 ta yangi GES qurish boʻyicha birinchi tenderni eʼlon qiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati mamlakatda elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondirish uchun tejamkor va ekologik toza ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha keng koʻlamli strategiyani amalga oshirmoqda.
Shu maqsadda “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati davlat-xususiy sheriklik asosida Oʻzbekistonda yangi GESlar uchun birinchi lotni xarid qilish jarayonini yoʻlga qoʻymoqda. Birinchi lot xavfsizlik infratuzilmasini hisobga olgan holda, umumiy quvvati taxminan 46,6 MVt boʻlgan beshta (5) yangi GES qurishni oʻz ichiga oladi.
16.08.2023
930
Охирги янгиликлар