Prezident Shavkat Mirziyoyev transport, energetika va sanoat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
Taqdimot davomida mamlakatimizda energetika quvvatlarini oshirish masalasiga e’tibor qaratildi. Jumladan, poytaxtimizda elektr energiyasi tarmoqlarining favqulodda holatlarga bardoshliligini mustahkamlash hamda muqobil energiya manbalarini integratsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya tarmog‘ida jami quvvati 13 ming 777 megavattlik 33 ta loyiha ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, elektr energiyasi infratuzilmasini takomillashtirish va ob-havo sharoitlariga chidamliligini oshirish, zaxira quvvatlar hosil qilish, iste’molni aqlli boshqarish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
16.08.2023
452
Охирги янгиликлар