Buloqboshi tumanidagi podstansiyada sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi. Hudud iste’molchilari elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlandi
Soat 22:30 da Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi 35/10 kVli “Buloqboshi” podstansiyasida yong‘in chiqqan.
1-transformatorning yonishi natijasida ushbu hududdagi 1000 ga yaqin iste’molchilar elektr ta’minotidan uzilgan.
Yong‘in Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan qisqa vaqt ichida o‘chirilgan.
Elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilar soat 23:45 da podstansiyadagi 2-transformator orqali tarmoqqa to‘liq ulangan.
17.08.2023
323
Охирги янгиликлар