Elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik uchun jinoiy javobgarlik bor
Qonunchilikka ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini hisobga olish asbobiga, shu jumladan uning plombasiga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asbobining ko‘rsatkichini o‘zgartirish maqsadida unga tashqaridan aralashish yo‘li bilan talon-toroj qilish — o‘g‘rilik hisoblanadi.
Mazkur jinoyat uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.
18.08.2023
484
Охирги янгиликлар