Uch mamlakat energetika vazirlari hamkorlik masalalarini muhokama qilishmoqda

Ayni paytda Ostona shahrida Oʻzbekiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi va Qirgʻiz Respublikasi energetika vazirlarining mintaqada suv-energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.

Uchrashuv doirasida qoʻshni davlatlar bilan transchegaraviy gidroenergetika loyihalarini amalga oshirish, xususan, “Qambarota-1” GES loyihasi hamda suv-energetika sohasida aloqalarni mustahkamlash, kuz-qish mavsumida hamkorlik qilish va elektr energiyasi hamda boshqa resurslarni oʻzaro yetkazib berish masalalari muhokama qilinmoqda.

25.08.2023

Охирги янгиликлар