Sirdaryo IESning 9-sonli energoblokida kengaytirilgan joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda
“O‘zbekenergota’mir” AJ pudratchiligida energoblokning 2-, 5-, 6- hamda 7-podshipniklaridagi nuqsonlar tuzatilyapti.
Shuningdek, ish jarayonida asosiy va yordamchi uskunalarning texnik holati oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, ushbu taʼmirlash ishlari joriy yilning 7-sentabr kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
25.08.2023
356
Охирги янгиликлар