“O‘zbekenergota’mir” AJ Toshkent issiqlik elektr markazining qozon qurilmalarini mavsumga tayyorlamoqda
Ayni kunlarda korxona mutaxassislari tomonidan Toshkent IEMning 9-sonli qozon agregatida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, qozonning old va orqa ekran quvurlari almashtirilyapti. Ushbu ishlarni amalga oshirishga 20 nafar malakali mutaxassis jalb etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur qozon qurilmasining o‘rnatilgan quvvati 100 Gkalni tashkil etadi va kuz-qish mavsumida aholiga issiqlik energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.
Ta’mirlash ishlari joriy yilning 30-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
30.08.2023
472
Охирги янгиликлар