Nukus shahri isteʼmolchilari qisman elektr taʼminotidan uzilgan. Nosozlik qisqa vaqtda bartaraf etilgan
Soat 21:18 da Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 110 kV “L-Nukus-2” elektr uzatish tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Nukus shahri isteʼmolchilari qisman elektr taʼminotidan uzilgan.
Soat 21:53 da maxsus brigada tomonidan nosozlik bartaraf etilib, ushbu hududdagi isteʼmolchilarning elektr taʼminoti qayta tiklandi.
Soat 22:44 da Nukus shahrining ayrim joylarini elekt energiyasi bilan ta’minlovchi fiderda nosozlik yuzaga kelgan. Buning natijasida hududdagi 300 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
02.09.2023
354
Охирги янгиликлар