“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasida Energetika vazirligi jamoasi ishtirok etdi
Bugun, 3-sentabr kuni Respublikamizning 16 ta shahrida Mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishlab “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir tashkilotchilarining ma’lum qilishlaricha, mazkur musobaqada yurtimizdagi har bir viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasida turli yoshdagi havaskor hamda professional sportchilar, sog‘lom turmush tarzi ixlosmandlari qatnashdi.
Xuddi shuningdek, ushbu musobaqada Energetika vazirligi jamoasi ham faol ishtirok etdi.
03.09.2023
373
Охирги янгиликлар