Navoiy issiqlik elektr stansiyasining quvvati 478 MVt bo‘lgan 1-sonli bug‘-gaz qurilmasida mukammal ta’mirlash ishlari davom etmoqda
Ish jarayonida zamonaviy energoqurilmaning barcha asosiy va yordamchi uskunalari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan nuqsonlari bartaraf qilinmoqda.
Ishlarni tez va sifatli bajarish maqsadida, stansiya ishchi guruhi qatori Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi hamda “O‘zbekenergota’mir” AJdan 150 nafarga yaqin mutaxassis jalb qilingan.
Energoqurilmada olib borilayotgan ta’mirlash ishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad — kuz-qish mavsumida qurilmaning ishonchli ishlashini ta’minlash orqali iste’molchilarga sifatli hamda barqaror elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdan iborat.
11.09.2023
435
Охирги янгиликлар