Bugun, 21-sentyabr kuni Toshkent shahridagi 1-sonli sport maktabida Energetika vazirligi xodimlarining “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda xodimlar sportning turgan joydan uzunlikka sakrash, 5 ming metr masofaga yugurish (ayollar 3 ming metr), tennis toʻpini darvozaga uloqtirish, kurakda yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib tanani yuqoriga koʻtarish, basketbol toʻpini 3 metr masofadan savatga tashlash, gimnastika oʻrindigʻidan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish kabi sinovlaridan oʻtishdi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 20-22-sentyabr kunlari vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirish tadbirlari boʻlib oʻtadi.
Mazkur tadbir Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.