2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga hozirlik koʻrish doirasida Toshkent IEMning 27 MVt quvvatga ega gaz turbina qurilmasida inspeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Taʼmirlash doirasidagi belgilangan vazifalar korxona va “Oʻzenergosozlash” MChJ mutaxassislari tomonidan bajarilyapti.
Hozirgi vaqtga qadar gaz turbina rotorining uchinchi pogʻona parraklari hamda gaz turbinaning gaz gorelkalari almashtirildi. Shuningdek, stator qismi ham taʼmirlandi.
Ayni damda esa generator rotorini joylash ishlari olib borilmoqda.
30-sentyabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan mazkur taʼmirlash ishlaridan maqsad isteʼmolchilarni issiqlik hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz va barqaror taʼminlashdan iborat.
22.09.2023
474
Охирги янгиликлар