Bugun, 23-sentyabr kuni Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Toshkent shahrida elektr energetika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil qilindi.
Xususan, shahar isteʼmolchilarining katta qismini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi — Olmazor tumanidagi “Sag‘bon”, Mirobod tumanidagi “Qo‘qon”, Yunusobod tumanida “Yunusobod” va Yashnobod tumanidagi yangidan qurib ishga tushirilgan yuqori kuchlanishli “Olmos” podstansiyalari ko‘zdan kechirildi.
Press-turda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari joriy yil kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, mavsumni betalofat o‘tkazish borasida qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida ommaviy axborot vositalari vakillariga batafsil maʼlumot berdilar.