Sergeli tumanida sodir boʻlgan favqulodda voqea tufayli koʻrilgan talafotni bartaraf etish ishlarida energetiklar ham faol qatnashishmoqda
Xususan, bu boradagi ishlarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar hududiy filiali tasarrufidagi barcha tuman korxonalarining 15 ga yaqin texnikalari hamda 130 nafardan ortiq ishchi-xodimlar jalb qilingan.
Ayni paytda hududda tashkil etilgan shtablarni elektr energiyasi bilan taʼminlash va zarar koʻrgan elektr tarmoqlarini tiklash ishlari olib borilmoqda.
28.09.2023
304
Охирги янгиликлар