“O‘zbekiston - 2030” strategiyasi: “Yashil iqtisodiyot”ning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlari keskin oshiriladi.
➖Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 25 ming MVt hamda jami iste’moldagi ulushi 40 foizga yetkaziladi.
➖Sanoatda “yashil sertifikat”lar bozori rivojlantiriladi va “ekologik markirovkalash” amaliyoti joriy qilinadi.
➖3 GVt quvvatli 3 ta issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish orqali tabiiy gaz sarfi kamaytiriladi.
➖Ko‘p qavatli uy-joylardagi xonadonlarning energiya samaradorligi (energoaudit)ni baholash tizimi joriy etiladi.
➖Shaharlarda jamoat transporti ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkaziladi.
➖Iqlim o‘zgarishi sohasida barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi monitoring tizimi (MRV) yaratiladi.
➖Issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan 2010-yildagi darajadan 30 foizga qisqartiriladi.