Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan tegishli organlar bilan hamkorlikda Namangan shahrida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi A.E.N.ga qarashli ohak ishlab chiqarish sexi tabiiy gaz hisoblagichisiz, tarmoqqa noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 7 mlrd 56 mln soʻm (4 mln 704 ming metr kub) zarar yetkazganligi aniqlandi.
Maʼlumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 23 ming 520 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.