Poytaxt iste’molchilarini elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi yangi loyiha amalga oshirilmoqda
Xabaringiz bor, Toshkent IEMda investitsiya loyihasi doirasida ikkita gaz turbinasi qurilmalari bunyod etilmoqda.
Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi bosh pudratchiligi asosidagi mazkur loyihaning umumiy quvvati 64 MVtni tashkil etadi.
Ayni kunda gaz turbinasi ta’minot suvi va bug‘ quvurlari uchun metall konstruksiyali estakada o‘rnatish ishlari davom etmoqda.
Loyiha to‘liq ishga tushgach, yiliga 515 mln kVt/soat elektr energiyasi, 630 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Natijada, 219 ming kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilinib, 40 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
10.10.2023
554
Охирги янгиликлар